Lavozim: Tavakkalchiliklarni boshqarish departamenti mutaxassisi
Talablar:
Moliya/iqtisod/bank ishi bo'yicha oliy ma'lumot
Bank tizimida kamida bir yillik ish tajribasi
Rus tili B1 darajasi
Ingliz tilini bilishi (afzallik beriladi)
MS Office dasturlarida ishlay olishi
Me’yoriy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalari
Statistik ma'lumotlarni qayta ishlash qobiliyati
Analitik va tahliliy fikrlash
Tig‘iz va ko‘p vazifalik muhitda ishlay olish
Muloqotga kirishuvchanlik va jamoada ishlay olish
Vazifalari:
Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish bo'yicha ishlarni tashkil etishda ko'maklashish
Bank risklarini baholash uchun zarur ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish va qayta ishlash bo'yicha ishlarni bajarish
Moliiyaviy tavakkalchiliklar salbiy oqibatlarini aniqlash, hujjatlashtirish va kamaytirish maqsadida metodikalar, nizomlar va boshqa ichki hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar kiritish
Portfel darajasida faol operatsiyalar bo‘yicha kredit tavakkalchiliklarini tahlil qilish (tarmoqlar, kreditlar turlari, kreditlar bo‘yicha tarmoq tavakkalchiliklari bo‘yicha jamlash);
Mahalliy va xorijiy banklar-kontr-hamkorlar moliyaviy holati tahlil qilinishini amalga oshirish
Tarkibiy bo‘linmalar tomonidan o‘tkaziladigan bank operatsiyalari bo‘yicha belgilangan limitlarga rioya qilinishini nazorat qilish
Tasdiqlangan ish rejasi va Bo‘lim boshlig‘i/Departament direktori buyruqlari asosida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish
Bank faoliyatida (mahsulotlar, biznes jarayonlar, departamentlar darajasida) yuzaga keladigan amaliyot tavakkalchiliklarni muntazam ravishda tahlil qilish, baholash va boshqarish
Bo‘lim boshlig‘iga amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot taqdim qilish
Mehnat sharoitlari:
Raqobatbardosh ish haqi
Bosh ofisda rivojlanish va karyera istiqbollari
Ahil va professional jamoa
Shahar markazida joylashgan zamonaviy va shinam ofis